2020-yilning 18-fevral kuni Krasnodar shahridagi qurilish obektlaridan birida O`zbekiston fuqarosi M.A. balandlikdan yiqilib tushib vafot etdi. Bu haqda TIV ma`lum qildi.
Shuningdek, 19-fevral kuni Volgograd viloyati Ilovlya tumanida sodir bo`lgan yong`in oqibatida O`zbekiston fuqarosi Sh.J. ham halok bo`lgan.
Mazkur fojiali vaziyatlar Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan. O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrugi hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +7-863-285-50-57






