Kecha, 21 fevral kuni internetda “Maxsus film: Bosh prokuraturadagi dahshatli qiynoqlar (+18)” nomli maqola va film e`lon qilindi.
Unda Bosh prokuratura tomonidan 2017 yilda “Bekobod metallurgiya kombinati” (Uzmetkombinat) AJga oid jinoyat ishi tergovi jinoyat-prosessual qonunchiligiga zid ravishda o`tkazilganligi, tergovda ishtirok etganlar asossiz qamoqqa olinib, ularga va yaqinlariga Bosh prokuratura tergovchilari tomonidan jismoniy va ruhiy tazyiqlar o`tkazilib, qiynoqqa solinganliklari yoritilgan.
Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, maxsus ko`rsatuvda aytilgan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tekshirish harakatlari boshlandi.
Tekshirish natijasiga ko`ra, e`lon qilingan maqola va film bo`yicha barcha tomonlarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta`minlanadi