1

22 fevral kuni Samarqandda "koronavirusga chalinganlikda gumon qilingan bemor" izolyasiya qilindi

Jamiyat 23.02.2020, 10:25
22 fevral kuni Samarqandda "koronavirusga chalinganlikda gumon qilingan bemor" izolyasiya qilindi

Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo`limida “Yangi turdagi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda Samarqand viloyati IIB va viloyat Sog`liqni saqlash tibbiyot boshqarmasi kuch-vositalarning hamkorlikdagi harakatlari bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar" mavzusida maxsus-taktik mashg`uloti o`tkazildi.

O`tkazilgan o`quv mashqlari 2 qismda, ya`ni nazariy va amaliy qismlarda tashkil etildi.

Tadbirni nazariy qismi Samarqand viloyat IIB Tibbiyot bo`limi ma`sul xodimi tomonidan ochib berildi va o`tkaziladigan maxsus-taktik o`quv mashqining mazmun-mohiyati o`quv mashqi qatnashchilariga qisqacha tushuntirib o`tildi.

Maxsus-taktik o`quv mashqining amaliy qismi 4 bosqichda tashkil etildi.

Birinchi bosqichda Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo`limi ma`muriy binosida “Koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishi xavfi tug`ilganda rahbar organlar va kuch-vositalarining harakatlari” mavzusiga bag`ishlab o`tkazilgan maxsus-taktik o`quv mashqi ishtirokchilarining saf ko`rigi o`tkazildi. 

Ikkinchi bosqichida respublika hududiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishi xavfi tug`ilganda tegishli xizmatlar va idoralarga hamda rahbarlarga axborot etkazish tartibi, koronavirusning yangi turiga gumon qilinganda tibbiyot xodimlari va maxsus tuzilma xodimlarining amaliy harakatlari IIB Tibbiyot bo`limida sinovdan o`tkazildi.

Uchinchi bosqichda viloyat IIB Tibbiyot hududida o`tkazilib, unda koronavirusning yangi turiga gumon qilingan hamda ushbu fuqaro bilan muloqotda bo`lgan shifokorlarni IIB YHXB maxsus transporti kuzatuvida yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bazasida tashkil etilgan gospital, izolyator va observatorlarga joylashtirish ketma-ketligi va tartibi kuzatuvchilarga amaliy tarzda ko`rsatib berildi. 

To`rtinchi bosqichda ko`rgazmali maxsus-taktik o`quv mashqining barcha jarayon va o`quv nuqtalari bo`yicha umumiy tahlil o`tkazilib, unda Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo`limi xodimlariga sohaga oid kuzatuvchilar guruhi tomonidan xizmatlarning rahbarlari, kuch va vositalarining harakatlariga tegishli baho berildi.

Tadbirda jami 5 ta maxsus texnika vositalari hamda 34 nafar xodimlar hamda Samarqand viloyatining sohaga oid kuzatuvchilari jalb etildi.

Tadbir yakuniga ko`ra, viloyatning sohaga oid kuzatuvchilar guruhi tomonidan “Koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishi xavfi tug`ilganda rahbar organlar va kuch-vositalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o`quv mashqi yuzasidan qo`shimcha topshiriq va takliflar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1