AsosiyJamiyat

Hindiston geologlari mamlakat zaxirasidan besh barobar ko`p bo`lgan 2 ta oltin konini topishdi

'Hindiston geologlari mamlakat zaxirasidan besh barobar ko`p bo`lgan 2 ta oltin konini topishdi'ning rasmi

Hindistonning oltin zaxiralaridan besh baravar ko`p oltin zaxirasiga ega ikkita kon mamlakat geologlari tomonidan topildi. Bu haqda tarjumon.uz Indian Times gazetasiga tayanib xabar berdi.

Sharqiy Uttar-Pradesh shtatidagi Sonbhadra okrugida 3500 tonnaga yaqin oltin rudasi bo`lgan konlar topilgan. Oltinning taxminiy qiymati 12 trillion rupiyga (taxminan 13 milliard dollar) baholanmoqda.

Agar bu ma`lumotlar haqiqat bo`lsa, unda Hindiston oltin zaxiralari bo`yicha dunyoda ikkinchi o`ringa ko`tarilib oladi. Ayni paytda AQSh birinchi o`rinda (8133,5 tonna), ikkinchi o`rinda Germaniya (3366 tonna) turibdi. Hindistonda 626 tonna oltin zaxirasi bor.

    Boshqa yangiliklar