Mamlakatimizning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2020-yil 21-fevral kuni shahar ko`chalaridan birida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston fuqarosi M.K. vafot etdi.
Bosh konsulxona zarurat tug`ilganda hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berish uchun vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi va Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.






