5,7 magnitudali zilzila 23 fevral uni Turkiya va Eron chegarasida qayd etilgani haqida avval xabar bergan edik. Uning oqibatida to`qqiz nafar Turkiya fuqarosi halok bo`ldi.
Turkiya sharqidagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 37 kishiga etdi, to`qqiz kishi halok bo`ldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabariga asoslanib sputnik xabar qilmoqda.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning so`zlariga ko`ra, qurbonlar va vayronagarchiliklar Bashkale tumanining Kashkol, Gyuvenlik, Gelenler va O`zpinar qishloqlarida qayd etilgan.
Vazir vayronalar ostida haligacha odamlar borligi va ularni qutqaruv-qidiruv ishlar davom ettirilayotganini ta`kidladi.
So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, Eronda ushbu zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 75 kishiga etgan.






