AsosiyDunyo

Eron va Koreyada koravirus qurbonlari soni ortib bormoqda

'Eron va Koreyada koravirus qurbonlari soni ortib bormoqda'ning rasmi

Eronda yangi turdagi koronavirus (Sovid-19) qurbonlari soni 8 kishiga etgan. Bu haqda Islom Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahanpur ma`lum qilgan.

Unga ko`ra, bu virus bilan kasallanishning 15 ta yangi holati aniqlangan. Ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 43 kishiga teng.

Janubiy Koreyada esa koronavirusdan halok bo`lganlar soni 4 kishiga etdi. Bu haqda mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi ma`lum qildi, deya xabar beradi «RBK». To`rtinchi vafot etgan shaxs Chxondo shahri gospitalining 57 yashar bemori bo`lgan.

Hozirda Eron koronavirus sabab halok bo`lganlar soni bo`yicha Xitoydan keyingi ikkinchi o`ringa chiqib olgan.

    Boshqa yangiliklar