AsosiyJamiyat

Andijonda viloyat hokimi bilan uchrashuvda muammolar aytilmasligi uqtirilganmidi?

'Andijonda viloyat hokimi bilan uchrashuvda muammolar aytilmasligi uqtirilganmidi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Viloyat hokimi bilan uchrashuvda qatnashganlarga muammolardan gap ochmaslik uqtirildi” deb nomlangan murojaat keng muhokamaga sabab bo`ldi.

Ayni paytda viloyat hokimligi Matbuot xizmati mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi:

“Ushbu murojaat yuzasidan Baliqchi tumani hokimligi hamda viloyat hokimligi Matbuot xizmati hamkorligida ishchi guruh tuzilib, masala atroflicha o`rganib chiqildi. Baliqchi tumanidagi ayrim mahallalarda tabiiy gaz, elektr energiyasi ta`minotidagi muammolar va yo`lsozlikdagi mavjud kamchiliklar yuzasidan quyidagilarni bayon qilamiz.

Xususan, xabarda “Viloyat xokimi 5 fevral kuni uni kutib turgan yuzlab fuqarolar oldida to`xtamay, Xo`jaoboddagi to`yxonaga ketvordi”, -deb yozilgan.

Viloyat hokimi avvalo, Xo`jaoboddagi to`yxonaga emas, Fayziobod mahalla guzariga to`plangan yoshlar oldiga emas, o`sha joyda hozir bo`lgan oddiy fuqarolar, mahalliy aholi oldiga borib, ulardan hol-ahvol so`rab, bugungi tashrifdan maqsadini bayon qilgan hamda agar murojaatlar bo`lsa kun davomida fuqarolarni qabul qilishi mumkinligi xaqida eslatib o`tgan. Qolaversa mana shunday kun tartibi barcha tumanlarda ham takrorlanayapti, masalan Asaka tumanida ham aslida yoshlar bilan uchrashuvga borgan viloyat rahbari, oxirgi murojaatchiga qadar mahalliy fuqarolarni qabul qilgan. 

Vaxolanki, Baliqchi tumanida muammosi bor yuzlab odamlar sovuqda soatlab turganlari yo`q. Yana ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarda “Viloyat hokimi bilan uchrashuvda qatnashgan yoshlarga muammolardan gap ochmaslik uqtirildi”,- deb yozilgan.

Uchrashuvda yoshlarimiz to`g`ridan-to`g`ri viloyat xokimiga o`z murojaatlari bilan chiqqanligi , muammolari joyida hal etilganligi haqida ma`lumotda keltirilmagan. Yoshlarimizning viloyat hokimi tomonidan muammolari hal etib berilgan vaqtdagi shodliklari, qanchalik quvonganliklari cheksizligi o`rganish davomida aniqlandi. Shuningdek, bu unutilmas xayajonlarni viloyat hokimligi Matbuot xizmati rasmiy sahifasi hamda viloyat televideniyasi orqali uzatilgan maxsus ko`rsatuvda ham takroran ko`rishingiz mumkin. 

Hurmatli yolg`on ma`lumot taraqatayotgan fuqarolar, Baliqchi tumanida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, ulug`vor ishlarga xissa qo`shishdan ko`ra, kimningdir nog`orasiga o`ynab voqelikni teskari qilib ko`rsatmasdan avvalo, atrofga o`z ko`zingiz bilan qarang, bo`layotgan ijobiy ishlarni nimani hisobiga amalga oshirilayotganligini o`ylab ko`ring. Bularning barchasi, yurtimiz tinchligidan, rahbarlarimizning oqilona siyosati natijasidan ekanligini xis eting, shukr qilishni o`rganing. Chin insonga xos bo`lmagan tuhmat, noshukrlik illatidan voz keching. 

Xulosa o`rnida esa, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar asossiz va yolg`on ma`lumot ekanligini bildiramiz”, — deb yozilgan rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar