AsosiyJamiyat

UzAuto Motors xaridorlardan korrupsiyaga qarshi turishni so`radi

'UzAuto Motors xaridorlardan korrupsiyaga qarshi turishni so`radi'ning rasmi

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlardan avtomobil xaridi jarayonida korrupsiyaga qarshi turishni so`radi.

Kompaniya agar diler tomonidan avtomobilni shartnomada ko`rsatilgan muddatidan avval etkazib berish yoki boshqa bahonalar bilan qo`shimcha pul mablag`larini so`rash holatlari yuzaga kelsa xaridorlardan kompaniyaning 78 141-77-77 ishonch telefonlariga yohud @UzAutoMoto_bot Telegram xizmatiga murojaat qilishi so`ragan.

UzAuto Motors” yuborilgan murojaatning asosliligiga ishonch hosil qilgan taqdirda albatta yuzaga kelgan holatni qonuniy bartaraf etish bo`yicha barcha sa`y-harakatlarni amalga oshiradi. 

"Bugungi kunda kompaniya tomonidan joriy etilgan yangi savdo tizimida avtombil etkazib berish hamda navbatlarni yaqinlashtirishda inson omilining aralashuviga yo`l qo`yilmaydi. Barcha avtomobillar faqatgina shartnomada ko`rsatilgan muddatlarda xaridorlarga etkazib beriladi", — deyiladi kompaniya xabarida.

    Boshqa yangiliklar