AsosiyJamiyat

Chilonzor tumanidagi “Grand Spektrum”ga qarashli sexda yong`in yuz berdi

'Chilonzor tumanidagi “Grand Spektrum”ga qarashli sexda yong`in yuz berdi'ning rasmi

2020 yilning 24 fevral kuni soat 05:52 da, Chilonzor tumani, “Beshqo`rg`on” maxallasi, Bunyod ko`chasi 39-uyda joylashgan “Grand Spektrum” MChJga qarashli sexida yong`in kelib chiqqan.

Yong`in oqibatida sexning ichki va tom qismi 150 kv.m maydonda yongan. Yong`in-qutqaruv jangovar bo`linmalari manzilga soat 06:01 da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 06:47 da bartaraf etilgan hamda sexning 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong`in joyiga 5 ta yong`in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Yong`in sabablari va yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkent shahar FVB fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi.

"GRAND SPECTRUM" MChJ korxonasi 2010 yilda tashkil topgan va o`z maxsulotlarini GS porcelain savdo belgisi ostida ishlab chiqaradi.

GS porcelain chinni idishlari chinni sanoatdagi malakali mutaxassislar nazorati ostida yuqori texnologik uskunalarda ishlab chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar