AsosiyJamiyat

Yana bir xususiy bandlik agentligi rahbari firibgar bo`lib chiqdi

'Yana bir xususiy bandlik agentligi rahbari firibgar bo`lib chiqdi'ning rasmi

Xususiy bandlik agentligidagi firibgarliklar fosh etildi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.A. va boshqalar 2019 yil davomida fuqarolarning ishonchini suiiste`mol qilgani ma`lum bo`ldi. U Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborish vaji bilan 61 nafar fuqaroning har biridan 45 mln. so`mdan jami 2,6 mlrd. so`mni jamiyatning bank hisob raqamiga o`tkazdirib, ularni ishga yubormasdan, fuqarolarning manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazgan.

Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqarolarning 
16 500 AQSh dollari hamda 125 mln. so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritishib, o`zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar