AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda iste`molchiga “Gentra” avtomashinasi olib berildi

'Qashqadaryoda iste`molchiga “Gentra”  avtomashinasi olib berildi'ning rasmi

O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasidan ma`lum qilinishicha, federasiyaga kelayotgan murojaatlarning ko`p qismini avtomashina olish uchun to`lov qilib, so`ngra o`z vaqtida avtomobilini ololmayotgan yurtdoshlarimizning shikoyatlari tashkil etmoqda. 

 Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi Xudoyberdi Mustafoev ham Qarshi shahridagi “As-Qashqadaryo servis” xizmati tomonidan “Gentra” avtomashinasi uchun 115 679 409 so`m to`lov qilib, shartnoma tuzgan. Shartnomada keltirilgan muddatdan ancha vaqt o`tib ketayotgan bo`lsa-da, unga avtoulovi etkazib berilmayotganligidan norozi bo`lgan.

Ushbu vaziyat federasiyaning Qarshi shahar ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan o`rganib chiqildi.

Fuqaroning qonuniy huquqlari avtosalon xodimlariga tushuntirilishi natijada qisqa fursatda Xudoyberdi Mustafoevga “Gentra” avtomashinasi etkazib berildi.

    Boshqa yangiliklar