AsosiyJamiyat

Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida 10 ta "Kelajak bog`i" barpo etilmoqda

'Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida 10 ta "Kelajak bog`i" barpo etilmoqda'ning rasmi

Bugungi kunda Navoiy viloyati aholisining 55 foizini, ya`ni 544 ming 400 nafarini yoshlar tashkil etadi. Ularning 285 ming 800 nafari 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlardan iborat. Ayni paytda mana shu yoshlar ishtirokida viloyat bo`ylab ekoaksiyalar tashkil etilmoqda. O`zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan viloyatning 8 ta tuman va 2 ta shaharidagi 10 gektargacha bo`lgan er maydonlarida “Kelajak bog`i” barpo etilmoqda.

Quvonarlisi, hozirda Navoiy shahri, Nurota, Karmana va Navbahor tumanlaridagi yoshlar katta shijoat bilan ushbu bog`lar uchun turli xil manzarali ko`chatlarni ekishga kirishgan. Ma`lumot uchun:2020 yil 20 fevral kuni birinchi "Kelajak bog`i" Navoiy shahridagi “Yoshlik” mahallasida yaratildi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, Navoiy shahar hokimligi hamda bir guruh mehnatkash yoshlar 10 gektar er maydoniga manzarali daraxt ko`chatlarini o`tqazishdi.

Mazkur ekoaksiyada Navoiy viloyati hokimi Qobiljon Tursunov va sektor rahbarlari hamda viloyatdan saylangan senatorlar ham ishtirok etdi. Nihol ekish jarayonini dastlab, viloyat hokimining o`zi boshlab berdi. Ushbu kun ekoaksiyalar Navoiy viloyatining barcha tuman va shaharlarida tashkil etilib, unda jami 20 ming nafar yoshlar "Kelajak bog`i" uchun belgilangan maydonlarga 100 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt ko`chatlarini o`tqazishdi.

 

    Boshqa yangiliklar