AsosiyJamiyat

Toshkentda umumiy qiymati 1,2 mlrd. so`mlik salkam 148 tonna olmalarning noqonuniy importi fosh qilindi

'Toshkentda umumiy qiymati 1,2 mlrd. so`mlik salkam 148 tonna olmalarning noqonuniy importi fosh qilindi'ning rasmi

Yaqinda respublikamizga qo`shni davlatdan import qilingan salkam 148 tonna olmalarni “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida navbatdagi bojxona qonunchiligi buzilishi holati fosh qilindi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan aniqlangan mazkur holatda ushbu olmalarning eksport bojxona deklarasiyasi mavjud emasligi, tovarning kelib chiqish sertifikati shubhali ekanligi aniqlandi.

Ushbu holatda qo`shni davlatdan keltirilgan olmalar aslida o`sha mamlakatda emas, balki Eronda etishtirilganligi aniqlandi.

Muqaddam yurtimizdan tranzit tarzida chegaradosh davlatga olib o`tilgan ushbu mevalarni so`ngra go`yoki qo`shni mamlakatning tovari sifatida qayta olib kirish rejalashtirilgan.

Bu orqali yuk egalari bojxona to`lovlaridan 657 mln. so`mlik imtiyozlarni qo`lga kiritmoqchi bo`lishgan.

Mazkur holatda noqonuniy yo`llar bilan olib kirishda to`xtatib qolingan olmalarning umumiy qiymati 1 mlrd. 249 mln. so`mni tashkil qilmoqda. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Boshqa yangiliklar