1

«O`zbekiston temir yo`llari» Navro`z bayrami munosabati bilan chegirmalar e`lon qildi

Jamiyat 25.02.2020, 09:33
«O`zbekiston temir yo`llari» Navro`z bayrami munosabati bilan chegirmalar e`lon qildi

«O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning 21-23 mart kunlari nishonlanadigan Navro`z bayrami munosabati bilan mahalliy yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlar chiptalari uchun mavjud tariflarga chegirmalar e`lon qildi. Bu haqda «O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ xabar berdi.

Chegirmalar nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun 50% chegirma taqdim etiladi.

Oliy o`quv yurtlari talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta`lim muassasalari talabalari, shuningdek oilaviy nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda, hamkasablarga (4 kishidan ortiq - yo`riqnoma asosida) 15 % chegirma, «Afrosiyob» elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilarga – 10% taqdim etiladi.

IZOH: Yuqorida qayd etilgan chegirmalar faqat temir yo`l kassalarida rasmiylashtiriladi. Ammo, ushbu chegirmalar elektron chiptalarni rasmiylashtirishda taqdim etilmaydi, chunki bu jarayon texnik jihatdan mavjud emas (mutaxassislar ushbu funksiyani takomillashtirish borasida ishlashmoqda).
Chegirmalar bo`yicha boshqa qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami yoki joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan olish mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1