O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 24 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra dunyo bo`yicha 79 363 nafar, Xitoy Xalq Respublikasida 77 262 nafar shaxslar koronavirus «COVID-19» infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o`sish 416 nafarni (0.5%) tashkil etmoqda.
Kasallanganlarning 11 633 nafari og`ir ahvolda bo`lib, 2 595 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyoning 28 davlatida 2 101 nafar fuqaroda qayd etilgan.
Joriy yilning yanvar oyidan 24 fevral kuniga qadar bo`lgan muddatda Xitoy Xalq Respublikasida bo`lib qaytgan 4608 nafar fuqarolarimiz tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Ulardan 4155 nafar fuqarolarda kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko`rik davomida hech qanday koronavirus «COVID-19» infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 453 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligikoronavirus infeksiyasiga qarshi markaziy shtabi xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 23 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportiga horijiy davlatlardan 32ta reys orqali 4 573 nafar, temir yo`llar orqali 5ta poezdda jami 469 nafar shaxslar, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 2 044 ta avtotransportlarning egalari va 36 616 nafar yo`lovchi shaxslar termometriyadan o`tkazilgan, shulardan 32 nafari Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari hamda 3 nafari Xitoyda bo`lib, qaytayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Koronavirus «COVID-19» infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik ko`rsatmaga asosan joriy yilning 24 fevraliga qadar jami 1 218ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi va koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.