Novgorod tumani sudi tomonidan o`ta yirik miqdordagi firibgarlik, jinoyatga sheriklik qilish, shuningdek jinoiy harakatlar natijasida ega bo`lgan pul mablag`larini qonuniylashtirish faktlari bo`yicha jinoiy ishning ko`rib chiqilishi yakunlandi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Velikiy Novgorod shahri bo`yicha Rossiya IIVning boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo`limining materiallari bo`yicha, ushbu jinoiy ishning tergovi bilan Novgorod viloyati buyicha Rossiya IIVning boshqarmasi Tergov boshqarmasi shug`ullangan.
Sankt Peterburgning 41 yoshli fuqarosi 2013 yilda nazorat ostidagi firmasining pul aylanmasini to`ldirish uchun 255 million rubl miqdorida kredit olish uchun dastlab qalbaki hujjatlar taqdim etgan. Kreditni olganidan so`ng mablag`ning bir qismini ushbu tashkilotning ehtiyojlari uchun ishlatgan, qolganini esa shaxsiy maqsadlarida o`zlashtirgan. Bunda bankdan kreditga olingan pul qaytarilmagan.
Bundan tashqari o`zining nazorati ostidagi tashkilotlardan biri nomidan Staraya Russa shahrida mol-mulk majmuasini xarid qilib, boshqa tashkilotlarga sotib yuborgan, buning natijasida 6 million rubl qo`shimcha soliq qiymatini qoplashga huquq olgan, keyinchalik ushbu mablag`ni qonuniylashtirgan.
Shu bilan birga, polisiyachilar aybdorni tanishi bo`lgan kredit faoliyati sohasida firibgarlik harakatlari va jinoiy yo`l bilan topilgan mablag`larni qonuniylashtirishda ayblanayotgan 48 yoshli Sankt-Peterburg tadbirkoriga sheriklik qilganligini aniqlashgan. Novgorod shahrining banklaridan biriga go`yoki, Novgorod viloyatining 2 ta mehmonxonalarini qayta qurish va zamonaviylashtirish uchun 136 million rubl kredit olish uchun qalbaki hujjatlar taqdim etgan.
Jinoyatlar yig`indisi bo`yicha jinoyatni qisman qo`shish yo`li bilan sud jinoyat ishi figurantini 3 million rubl miqdorida jarima solinishi bilan birgalikda 7 yilga ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqardi. Jazo muddati umumiy tartib koloniyasida o`taladi.






