Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Shovot tumani bandlikka ko`maklashish markazi direktori B.A., fuqaro J.K.dan uni ushbu markazga ishga qabul qilish evaziga pora talab qilib, o`z xizmat xonasida 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan B.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






