Namangan viloyat hokimining farmoyishiga asosan Namangan shahri hududida harakatlanish xavfsizligi ishlari samaradorligini oshirish maqsadida tumanlardan keladigan “Damas” rusumli yo`lovchi tashuvchi transport vositalari uchun shaharga kirish joylarida maxsus turargohlar tashkil etildi.
Ma`lumotda aytilishicha, ushbu farmoyish shahar ichidagi ko`chalar, ayniqsa, bozorlar atrofida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida qabul qilingan.
"Damas"chilar va namangan ahli endi shaharga kelayotganida quyidagi turargohlardan foydalanishadi:
- Pop, Chust, To`raqo`rg`on va Kosonsoy tumanlaridan tashrif buyuruvchi transport vositalari shaharning 1-kichik tumanida tashkil etilgan “Otchopar” bosh bekatidagi turargoxgacha kelishadi.
- Namangan va Mingbuloqdan shaharga keluvchilar uchun “Qo`qon” ko`chasida tashkil etilgan “Sardoba” bosh bekati xizmat ko`rsatadi.
- Yangiqo`rg`on va Chortoq tumanidan keladigan transport vositalari “Sanoatchilar” ko`chasidagi “Hunarmandlar” bosh bekatidagi avto turargoxga kelishi belgilandi.
- Uychi va Uchqo`rg`onlik haydovchilar “Bahor” kinoteatri oldidagi “Bahor” bosh bekatiga kelishadi.
- Norin tumani hamda Andijon viloyatidan keluvchi transport vositalari Jaxon bozori oldidagi “Lola” bosh bekatiga kelishlari belgilandi.






