“Consort xususiy bandlik agentligi” MChJga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug`ullanish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to`xtatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyachi agentligi ma`lum qildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ faoliyati ustidan ko`plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan.
Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan «O`zbekiston Respbulikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatini lisenziyalash tartibi to`g`risidagi Nizomining» 45-bandiga muvofiq, “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ lisenziyasining amal qilishini 10 ish kuni muddatiga to`xtatish to`g`risida qaror qabul qildi.
10 kun davomida “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi






