Buxoro viloyati IIB muhim ogohlantirish bilan chiqdi:
“Hurmatli fuqarolar va viloyatimizga tashrif buyurgan mehmonlar!
2020 yil 27-29 fevral kunlari viloyat IIB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda Buxoro shahri hududida harbiy va maxsus texnikalarni jalb qilgan holda ko`rgazmali maxsus taktik o`quv mashg`uloti o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Sizdan ortiqcha xavotirli hissiyotga berilmaslik hamda shov-shuv ko`tarmaslikni so`rab qolamiz”, — deyiladi Boshqarma Axborot xizmati xabarida.






