AsosiyDunyo

Antarktidada «qizil qor» yog`di

'Antarktidada «qizil qor» yog`di'ning rasmi

Antarktikadagi «Akademik Vernadskiy» stansiyasi joylashgan hududda qizil qor yog`di, deb xabar bermoqda Ukraina Ta`lim va fan vazirligi «Facebook»dagi sahifasida.

Ta`kidlanishicha, qorning bunday rangi mikroskopik qor suvo`tlari sabab yuzaga keladi. Antarktidada ayni paytda yoz. Suvo`tlarning sporalari past haroratga chidamli bo`ladi va issiqda o`sa boshlaydi. 

Hisobotda shunga o`xshash hodisani Arktika va Alp tog`larida uchratish mumkinligi aytilgan.

Tabiatning bunday g`aroyib mo`jizalari avval ham kuzatilgan. Jumladan, avvalgi yillarda Ukrainada «sariq qor», 2018 yilda esa Gruziyada (aynan shunday) «qizil qor» yoqqan.

Avvalroq, dunyodagi eng katta aysberg Antakrtidadan ajralib, ochiq okeanga qo`shilgandi.

Boshqa yangiliklar