1

Toshkentda “O`zbegim ayoli” festivali bo`ldi. Unda Saida Mirziyoeva ammasi — Prezidentning opasi haqida gapirdi

Jamiyat 25.02.2020, 21:15
Toshkentda “O`zbegim ayoli” festivali bo`ldi. Unda Saida Mirziyoeva ammasi — Prezidentning opasi haqida gapirdi

Bugun, poytaxtimizda “O`zbegim ayoli” festivali bo`lib o`tdi.

Platforma.uzning yozishicha, unda so`zga chiqqan Saida Mirziyoeva oilasi bilan bog`liq voqealarni gapirib o`tgan:

Mening ammam borlar, Dadamning opalari. Ularni judayam yaxshi ko`raman, — dedi S. Mirziyoeva. — Meni opichlab katta qilganlar. Buvim vafot etganlarida dadam 9, opalari 12 yoshda bo`lganlar. Mana shu 12 yoshlik qizaloq ona o`rnida dadamni voyaga etkazganlar. O`qishga kirib, Samarqandga ketgan paytlari ham stipendiyani o`zlariga ishlatmay ukalari, ya`ni dadam bilan baham ko`rganlar. 

O`zlari yoshgina bo`lib onasiz qolgan ukaga g`amxo`rlik qilish ular uchun tabiiy hol edi. “Men qahramonlik ko`rsatyapman” degan gap ammajonimning xayoliga ham kelmagan. 

Ochig`ini aytsam, ammajonim bilan munosabatimiz bizning ajoyib. Bir-birimizga muhabbatimiz cheksiz. Har bir chiqishim bo`lsa yoki biror joyda muvaffaqiyatga erishsam, telefon qiladilar yoki sms yozib qo`yadilar: “Bolajonim, barakalla, sen bilan g`ururlanaman. Men doim oldingdaman” deb.

Kuni kecha Dubayga forumga bordik. “Global ayollar forumi”da ishtirok etganimda nutq so`zladim. Forumdan keyin telefon bo`lmadi. Hayronman ammam nega jim yoki chiqishimni ko`rmay qoldilarmi yoki mazalari yo`qmikin deb xavotirga tushib qoldim. Yo`q, bilsam agar “ayfon”lari buzilib qolibdi. 65 yoshda bo`lsalar ham ayfonda o`tiradilar, har doim telefon qilib yoki yozib qo`yadilar, har kuni gaplashib turamiz.

Shuningdek, Mirziyoeva o`zbekistonlik ayollarga atalgan dil so`zlarini izhor etdi:

«O`zbegim ayoli» Milliy mukofotini topshirish marosimida munis ayollarimiz uchun ko`nglimda yig`ib yurgan gaplarimni izhor qilishga harakat qildim.

Men uy-ro`zg`or tashvishlaridan ortib, oldiga katta maqsadlar qo`ygan va ularga erishayotgan ko`plab ayollarni bilaman hamda ularning oldida hamisha ta`zimdaman. Siz haqiqiy o`zbek ayoli nimalarga qodir ekanini barchaga isbotladingiz. Barcha ayollarimiz jamiyatda hurmat va ehtirom qozonishga haqli va buning uchun ularga imkon berilsa bas. 

Ayollarimizga qarata shunday demoqchiman: Siz tahsinga sazovorsiz!”

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1