AsosiyDunyo

Koronavirus: Italiyada qurbonlar ortib bormoqda. Mashhur Venesiya karnavali ham qoldirildi

'Koronavirus: Italiyada  qurbonlar ortib bormoqda. Mashhur Venesiya karnavali ham qoldirildi'ning rasmi

Evropadagi koronavirus eng ko`p tarqalgan davlat Italiyada epidemiya qurbonlari soni etti kishiga etdi, deya yozdi Tarjumon.

Kasallanganlar esa 220 kishidan oshib ketgan. Italiya kasallikning tarqalishini to`xtatish uchun mamlakat shimoliy hududining ko`p qismini yopib qo`ydi.

Italiyaning sanoat va moliyaviy markazi bo`lgan shimoliy hududlari Lombardiya va Venetoda maktablar, universitetlar, muzeylar va kinoteatrlar kamida bir haftaga yopib qo`yildi va ommaviy yig`inlar ta`qiqlandi. Shu jumladan mashhur Venesiya karnavali ham qoldirilgan.

Italiya kompaniyalarining aksiyalari 5% ga tushib ketdi, bu to`rt yil ichidagi eng katta pasayishdir. Xavotirga tushgan aholi xo`jalikka kerakli narsalarni g`amlab olishmoqda. Natijada, supermarketlar bo`shab qolmoqda.

«Rostini aytganda, hech kim virusning bunday tez sur`atda tarqalishini kutmagandi», degan Lombardiya gubernatori Attilio Fontana.

    Boshqa yangiliklar