1

Rasman: Hukumat tarkibida jiddiy o`zgarishlar bo`ldi

Siyosat 26.02.2020, 08:24
Rasman: Hukumat tarkibida jiddiy o`zgarishlar bo`ldi

Avvalroq, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida bo`lib o`tgan yig`ilishda hukumatda kadrlar almashinuvi yuz bergani haqida xabar bergan edik. AYni paytda Hukumat tarkibida bo`lgan o`zgarishlar bo`yicha rasmiy tayinlovlar e`lon qilindi

Prezidentning tegishli farmonlariga asosan:

• Kuchkarov Djamshid Anvarovich Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha o`rinbosari – iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan Bosh vazirning o`rinbosari – moliya vaziri lavozimidan ozod etildi;

• Ishmetov Timur Amindjanovich moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan moliya vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Prezidentning tegishli qarorlariga asosan:

• Nasritdinxodjaev Omonullo Zabixullaevich moliya vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi;

• Farxod Nuritdinovich Arziev tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi;

• Ilxamdjan Nematov tashqi ishlar vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1