Shu yil 19 fevral kuni Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro Namangan viloyati IIBga ariza bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
Unda keltirilishicha, fuqaro Namangan shahrida yashovchi tanishi bilan tadbirkorlik qilish uchun er maydoni qidirib To`raqo`rg`on tumaniga borgan vaqtida A. Ismli shaxs o`zini tuman Kadastr bo`limida ishlashini aytib, uni fermer xo`jalik raxbari “R” ismli shaxs bilan tanishtiradi. Fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan er maydonidan 80 sotixini 25.000 AQSh dollariga sotishlarini, kadastr xujjatlarini tayyorlash uchun 4.000 AQSh dollari ketishini aytib, 80 sotix er maydoni uchun ja`mi 29.000 AQSh dollari so`rashganini bildirib, ushbu shaxslarning harakatlari qonuniyligini tekshirib berishni so`ragan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida A. va R. ismli shaxslar fuqaro va uning sherigidan 16.500 AQSh dollarini pora berishga dalolat qilib, firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtlarida ushlanib, holislar ishtirokida 16.500 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Turakurgon tuman IIB TB tomonidan 2020 yil 24 fevral kuni O`z.R JKning 168-moddasi 3-qismi va 25,211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.