Joriy yilning 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Kechga qolgan o`quvchidan 2000 so`m, darsga kelmaganlardan 10 000 so`m jarima puli undirilar ekan” mazmunda berilgan maqola yuzasidan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qiladi.
Andijon shahridagi 1-sonli umumta`lim maktabidagi holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining nazorat-huquqiy hizmati hamda Andijon viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o`rganib chiqilmoqda.
O`rganish natijasi bo`yicha tasvirdagi holat yuzasidan umumta`lim maktabining o`qituvchisi, 7 “b” sinf rahbari Hayotxon Mahmudovaga nisbatan qonun doirasida chora ko`rildi. O`rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Yakuniy xulosalar bo`yicha yana qo`shimcha axborot taqdim etiladi, deya xabar beradi Andijon viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Matbuot xizmati.






