AsosiyJamiyat

Toshkent hayvonot bog`i tashrif buyuruvchilarga o`zlari bilan har qanday oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelishni ta`qiqladi

Ko`p sonli ogohlantirish va iltimoslarga qaramay, hayvonot bog`iga keluvchilarning aksariyati hayvonlarga ovqat berishda davom etishmoqda. Dam olish kunlarida hayvonot bog`iga keluvchilarning soni ortadi. Aynan shunday kunlardan so`ng, ba`zi hayvonlarning tobi bo`lmay, o`zini yomon his qilayotgani seziladi, ularning oshqozoni bilan bog`liq muammolar yuzaga keladi. Bu tarzdagi doimiy noxushliklar hayvonlarning salomatligiga jiddiy ta`sir qilayotgani sababli Toshkent hayvonot bog`i endilikda hayvonot bog`iga keluvchilarga har qanday oziq-ovqat mahsulotlarini o`zlari bilan olib kelish va olib kirishni qat`iyan man qilinadi, deya xabar beradi Toshkent hayvonot bog`ining rasmiy sayti.

Hayvonlarni ovqatlantirishni istovchilar uchun alohida hayvonlar uchun hayvonot bog`i tomonidan tavsiya qilingan oziq-ovqat mahsulotlari taklif qilinadi. Shuningdek, hayvonot bog`i ma`muriyati hayvonlarni asrashni va mavjud qoidalarga amal qilishni so`raydi. 

    Boshqa yangiliklar