AsosiyJamiyat

Malaka talabiga ega bo`lmagan shaxslarning maktab hududiga kirishiga ruxsat berilmaydi

'Malaka talabiga ega bo`lmagan shaxslarning maktab hududiga kirishiga ruxsat berilmaydi'ning rasmi

Xitoy tilini o`rgatishga ruxsat yo`q degan mazmunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga Sirdaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi raddiya berdi.

Darhaqiqat, dars o`tmoqchi bo`lgan inson bir oy muqaddam Sirdaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasiga kelgan va dars o`tish uchun ruxsat so`ragan. Sirdaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i malaka talabini tasdiqlovchi hujjat yo`qligi sababli ruxsat bermagan.

So`ng Sirdaryo viloyati Guliston shahar 8-maktabga to`garak o`tish uchun murojaat qilgan. Maktab direktori B.Shodmonqulova bolalar qiziqishini o`rganish uchun faqatgina bir kun ya`ni bugun to`garak o`tishga ruxsat bergan.

Uning o`zi shaxsiy tashabbus bilan oshxona stollarini keltirgan va bolalarni qiziqtirish maqsadida dars o`tgan. Endilikda malaka talabiga ega bo`lmagan shaxslarning maktab hududiga kirishiga ruxsat berilmaydi, deya xabar beradi Sirdaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi matbuot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar