Joriy yilning 25 fevral kuni soat 02:00 larda Jizzax viloyati hududidan o`tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo`lining 1013 km.da Jizzax shahrida yashovchi U.U. yo`lning belgilanmagan joyidan mast holatda kesib o`tayotgan vaqtda, “Toshkent-Jizzax” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli transport vositasi urib yuborgan.
Oqibatda mast piyoda tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati piyodalardan “Yo`l harakati qoidalari”ni buzgan holda belgilanmagan joylarni noto`g`ri kesib o`tib hayotni xavf ostida qoldirmaslikni so`raydi.






