AsosiyJamiyat

Tojikiston koronavirus tufayli O`zbekiston bilan chegaradagi nazoratini kuchaytirdi

'Tojikiston koronavirus tufayli O`zbekiston bilan chegaradagi nazoratini kuchaytirdi'ning rasmi

Tojikiston rasmiylari Eron, Janubiy Koreya va Afg`onistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyatdan xavotirga tushayotganini, shu sababli Afg`oniston va O`zbekiston bilan chegarada nazorat kuchaytirilganini ma`lum qildi.
 

Endilikda Afg`onistondan kelganlarning hammasi aeroportda sanitar nazoratidan o`tadi – ularning tana harorati o`lchanadi, shuningdek, yashash joylarida ro`yxatga olinadi. Bugungi kunga qadar bu kabi choralar faqat Xitoydan kelganlargagina qo`llanilgan edi.
 

Mamlakat sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Mirhamuddin Kamolzoda Radio Ozodi bilan suhbatda aytishicha, bu kabi choralar O`zbekiston bilan chegarada ham joriy qilinadi, chunki Tojikistonning ko`plab fuqorolari Janubiy Koreyadan Toshkent orqali Tojikistonga keladi. Janubiy Koreya koronavirusga chalingan bemorlar soni bo`yicha ikkinchi mamlakat hisoblanadi.
 

Tojikiston rasmiylarining bayonotiga qaraganda, yaqin orada boshqa choralar ham qo`llaniladi. Variantlardan biri – mana shu uchta mamlakatdan kelgan barcha fuqorolarni karantinga joylashtirishdir, - dedi Kamolzoda.

Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti bayonot berar ekan, jahon hamjamiyati ehtimoliy koronavirus pandemiyasiga tayyor bo`lib turishidan ogohlantirdi. Yangi virusning Janubiy Koreya, Italiya va Eronda paydo bo`lishi mutaxassislarni jiddiy tashvishga solmoqda.

Tojikiston rasmiylari bugungi kunda mamlakatda koronavirus qayd qilinmaganini aytmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, Xitoydan kelgan 882 shaxs karantinga joylashtirildi, ulardan 266 nafari shifokorlar nazoratida turibdi. 

«Baxtimizga, karantinga joylashtirilganlar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi», - deya xabar berdi Sog`liqni saqlash vazirligidagi manba.

    Boshqa yangiliklar