Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi ishsizlik darajasi qanday hisoblanishi haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, xalqaro mehnat tashkilotining umume`tirof etilgan metodologiyasiga asosan ishsizlik darajasi umumiy mehnat resurslari emas, balki iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan hisoblanadi.
Ma`lumot uchun: 2020 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi 9,0 foizni tashkil etgan.