AsosiyJamiyat

Andijonda portlagan avtomashina bo`yicha qo`shimcha tavsilotlar ma`lum qilindi

'Andijonda portlagan avtomashina bo`yicha qo`shimcha tavsilotlar ma`lum qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 25 fevral kuni soat 09:45 larda Andijon viloyati, Xo`jaobod tumani, Xidirsha MFY hududida joylashgan “Xolis tafakkur” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish shahobchasida “Shukurullo vodiy trans” MChJga tegishli bo`lgan “Neksiya” rusumli transport vositasi gaz ballonida portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

Halokatga  avtomashinaga metallo kompozitli (skoch) gaz ballonining kompozit qismi shilib olinib, o`zboshimchalik bilan o`rnatilganligi sabab bo`lganligi ma`lum bo`ldi.

Qo`shimcha tavsilotlarga ko`ra,  32 yoshli Sh.O.,ning boshqaruvidagi “Nexia”  avtomashinasida portlash yuz bergan.

Portlash natijasida shahobcha ishchisi A.K. jarohatlangan bo`lib unga tibbiy yordam ko`rsatilgan, boshqa hech kim jarohatlanmagan. Shuningdek, portlashda 6 ta avtomashina turli darajada shikastlangan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, gaz quyayotgan ushbu avtomashinaga o`rnatilgan 100 litr hajmdagi 2012 yilda ishlab chiqarilgan gaz balonda portlash yuzaga kelgan. Shuningdek, gaz uskunasi avtomashinaga 2018 yilda o`rnatilgan, qolaversa uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etish hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xo`jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar