AsosiyJamiyat

Tatariston prezidenti Buxoro viloyati hokimi O`ktam Barnoev bilan uchrashdi

'Tatariston prezidenti Buxoro viloyati hokimi O`ktam Barnoev bilan uchrashdi'ning rasmi

Buxoro viloyati hokimi O`ktam Barnoev boshchiligidagi delegasiyasi a`zolari Tatariston Respublikasida bo`lib turibdi.

Mazkur safarning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi jarayonida viloyatning yuksak turistik salohiyatini e`tiborga olib, viloyatni “Turistik chorrahaga aylantirish” haqidagi topshiriqlariga muvofiq viloyatining turizm imkoniyatlarini keng targ`ib qilish, qolaversa, ilg`or xorijiy tajribani o`rganish hamda salohiyatli firma, kompaniyalar bilan muzokaralar o`tkazish va o`zaro samarali hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalariga qaratilgan.

Xususan, Qozon Kremlida bo`lib o`tgan uchrashuvda Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov Buxoro viloyati hokimi O`ktam Barnoevni qabul qildi.

Mazkur uchrashuv mobaynida tomonlar Tatariston va Buxoro viloyati korxonalari o`rtasidagi o`zaro hamkorlik, tovar va xizmatlarni o`zaro etkazib berishni kengaytirish hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. 

Buxoro viloyati delegasiyasining Tatariston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari davomida o`tkazilgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi yuzasidan “Yo`l xarita” tasdiqlanib, topshiriqlar ijrosi mas`ullar tomonidan nazoratga olindi.
 

    Boshqa yangiliklar