AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`lovchi avtobusi butunlay yonib ketdi

Kecha, 17 mart kuni "Chilonzor buyum bozori” dan Sirg`ali tumaniga ketish yo`lida Mercedes-Benz markali yo`lovchi avtobusida yong`in yuzaga keldi.

Facebook dagi "Voditeli Tashkenta” guruhi ishtirokchilari avtobusning yonib ketayotgan suratlari va videosini internet tarmog`iga  joylashgan, deya xabar beradi uz24.uz nashri. Suratlarda avtobus butunlay yonayotganini ko`rish mumkin.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, yo`lovchilar jabr ko`rmagan va vaqtida evakuasiya qilingan. Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar yong`inni bartaraf qilishgan.

    Boshqa yangiliklar