AsosiyJamiyat

Ombudsman o`rinbosari — Bola huquqlari bo`yicha vakil lavozimiga nomzod ma`qullandi

'Ombudsman o`rinbosari — Bola huquqlari bo`yicha vakil lavozimiga nomzod ma`qullandi'ning rasmi

Ombudsmanning o`rinbosari — Bola huquqlari bo`yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma`qullandi. Endilikda ushbu nomzod Senat tomonidan ham ma`qullanishi lozim. 26 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Ombudsman o`rinbosari — Bola huquqlari bo`yicha vakil lavozimiga Aliya Yunusova nomzodini ma`qulladi.

Aliya Yunusova (1961 yilda tug`ilgan) — ish faoliyatini Toshkent davlat tibbiyot institutida (1983−1989 yillarda) o`qituvchilikdan boshlagan. U turli yillarda O`zbekiston Fanlar akademiyasining Mo`minov nomli falsafa va huquq institutida aspirant (1989−1999), kichik ilmiy xodim, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitada I darajali mutaxassis (1991−1993), bosh mutaxassis, inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston milliy markazida bo`lim mudiri (1999−2005) lavozimlarida mehnat qilgan. Yunusova 2005−2020 yillarda — uchinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo`lgan.

Ushbu lavozimdagi shaxs, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida“gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, vakil o`z lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, vakil o`rinbosari uning vazifasini yangi vakil saylanguniga qadar bajarib turadi va vakil uchun belgilangan kafolatlar ana shu davrda unga nisbatan tatbiq etiladi.

O`zbekiston Konstitusiyasining 78- moddasining 16- bandiga muvofiq, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili va uning o`rinbosarini saylash ikki palataning birgalikdagi vakolatiga kiradi. Shu sababli, ushbu masala Senat tomonidan ham ko`rib chiqilishi, nomzod ma`qullanishi lozim.

    Boshqa yangiliklar