1

Xorazmda 33 yashar qiz 70 yoshli otasini temir bilan urib o`ldirdi

Jamiyat 26.02.2020, 20:12
Xorazmda 33 yashar qiz 70 yoshli otasini temir bilan urib o`ldirdi

Xorazmda ayol kishi qotillikka qo`l urdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahabari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, kecha, 25 fevral kuni soat 18:50 larda Xorazm viloyati Yangibozor tumani Yuqoriboshqir mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan ayol Yu.K. o`gay otasi, 1949 yilda tug`ilgan Yu.S. bilan o`zaro janjallashib qoladi. G`azabga mingan ayol otasini temir jism bilan bosh qismiga bir marotaba urib, qasddan o`ldirgan. Ma`lum bo`lishicha, ayol ruhiy xasta bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Yu.K.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi quzg`atilgan. U prosessual tartibda ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1