AsosiyJamiyat

Seuldan uchib kelgan yo`lovchilar vaqtincha izolyasiyaga joylashtirildi

'Seuldan uchib kelgan yo`lovchilar vaqtincha izolyasiyaga joylashtirildi'ning rasmi

Bugun Seuldan kelgan HY514 reysi yo`lovchilari Toshkent aeroportining xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi. 

Mazkur chora koronovirusning O`zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirildi. 

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o`tkazilgandan so`ng va SARS belgilari yo`qligi tasdiqlangandan so`ng, yo`lovchilar karantin xonasidan chiqib ketishlariga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar