AsosiyJamiyat

Mingbuloq tumanidagi 20-umumta`lim maktabidagi holat o`rganildi

'Mingbuloq tumanidagi 20-umumta`lim maktabidagi holat o`rganildi'ning rasmi

Mingbuloq tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 20-umumta`lim maktabi tomonidan ilm maskanining bugungi holati yuzasidan “Sevimli” telekanaliga murojaat qilingan edi. Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur murojaat tuman xalq ta`limi bo`limi ishchi guruhi tomonidan o`rganib chiqildi.

O`rganish jarayonida aniqlanishicha, 20-umumta`lim maktabi 1964 yilda qurilgan bo`lib, 260 o`ringa mo`ljallangan. Hozirgi kunda maktabda 276 nafar o`quvchi ta`lim-tarbiya olmoqda, navbatlilik esa 1,06 ga teng. Maktab binosi 2015 yil Investisiya dasturi asosida 436,5 mln. so`m mablag` evaziga mukammal ta`mirlangan. Maktabda sport zal va oshxona mavjud emas. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi Farmoniga asosan Respublikada bolalar va o`smirlar sport maktablarini tashkil etish, umumta`lim maktablari sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va doimiy jihozlashning besh yillik davlat dasturini ishlab chiqish belgilangan. 

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 29 yanvardagi 14/1-220-sonli topshiriq ijrosini ta`minlash maqsadida umumta`lim maktablari sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo`yicha 2020 - 2024 yillarga mo`ljallangan manzilli ro`yxat shakllantirilib, ko`rib chiqish uchun Xalq ta`limi vazirligiga taqdim etilgan.

Taqdim etilgan manzilli ro`yxatga asosan Mingbuloq tumanidagi mazkur 20-umumta`lim maktabiga 12x24 o`lchamdagi sport zal qurish taklifi 2023 yilga berilgan.

Oshxona tashkil etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida sog`lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan oshxona yoki bufet faoliyati yo`lga qo`yilgan taqdirda xalq ta`limi bo`limi  tomonidan zarur mebel va jihozlar bilan ta`minlash mumeinligi bildirildi.

Maktab atrofi qisman o`ralgan bo`lib, tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan qorovulxona qurish va maktab atrofini o`rash uchun 2020 yil mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan kerakli mablag` ajratish bo`yicha tuman hokimligiga takliflar kiritilgan.

Maktablarning moddiy-texnik holati va ta`lim-tarbiya jarayonlari viloyat xalq ta`limi boshqarmasining doimiy e`tiborida bo`ladi. 

 

    Boshqa yangiliklar