Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2020 yil 19 fevral kuni Komsomolsk-na-Amure shahrida O`zbekiston fuqarosi N.X. qurilayotgan obektning tomidan tushib ketishi oqibatida vafot etgan...
26 fevral kuni konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinganidan so`ng N.X.ning va Xabarovsk shahrida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi oqibatida vafot etgan boshqa hamyurtimiz S.F.ning jasadlari “Xabarovsk-Toshkent” to`g`ridan-to`g`ri charter reysi bilan vatanga yuborildi.
Bosh konsulxona Xabarovsk o`lkasidagi o`zbek diasporasi faollariga tashkiliy masalalarni hal etishda va hamyurtlarimizning jasadlarini yuborishda ko`rsatgan beg`araz yordami uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildirib, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tdi: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.
27.02.2020 18:01
Xabarovsk shahrida vafot etgan hamyurtlarimizning jasadlarini charter reysi bilan vatanimizga yuborildi
