AsosiyJamiyat

AQSh Interpol delegasiyasi Toshkentga tashrif buyurdi

'AQSh Interpol delegasiyasi Toshkentga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasiga, Interpol Milliy markaziy byurosining tashabbusi bilan, AQShning Interpol milliy markaziy byurosi rahbari Ueyn Salzgaber boshchiligidagi AQSh Interpol delegasiyasi Toshkentga tashrif buyurdi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Amerika Qo`shma Shtatlari 1956 yil 13 iyundan beri Interpol Xalqaro Jinoyat Polisiyasi Tashkilotining a`zosi hisoblanadi.  Interpolning Markaziy byurosi, AQSh Adliya vazirligi tizimiga qarashli bo`linmasi hisoblanib, AQSh Bosh prokurori tomonidan boshqariladi. 

Joriy yilning 27 fevral kuni delegasiya ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Aziz Anvarovich Toshpo`latov, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jinoiy qidiruv bosh boshqarmasi va terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi rahbarlari bilan uchrashishi belgilangan. 

 Yurtimizga tashrif buyurgan AQSh delegasiya a`zolari:

 - Interpolning AQShdagi milliy markaziy byurosining direktori;

 - Jozef Ferrigno - Amerika Qo`shma Shtatlarining Interpol NCB boshlig`i;

 - Mark Espinoza - direktor o`rinbosari, bo`lim boshlig`i.

Uchrashuv davomida xalqaro terrorizm, kiberjinoyatchilik, odam savdosi, jinoyatchilarni qidirishda qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar, shuningdek, Interpol kanallari orqali O`zbekiston va AQSh huquqni muhofaza qilish organlari o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning ayrim masalalar muhokama qilinishi mo`ljallanmoqda.  

Shuningdek tashrif davomida, Qo`shma ixtisoslashtirilgan o`quv mashg`ulotlarini, AQShning etakchi axborot-tahlil markazlari bazasida o`quv kurslarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. 

Shu bilan birga, O`zbekiston tomoni so`nggi yillarda jinoyatchilikka qarshi kurashda ikki tomonlama munosabatlarga oid ko`plab muammolar to`planib qolganligini, ularga birgalikdagi sa`y-harakatlar orqali echim topish mumkinligiga ishonmoqda va shu munosabat bilan to`g`ridan-to`g`ri o`zaro ma`lumotlar almashish uchun aloqa kanali yaratish taklif qilinmoqda.

Ta`kidlash joizki, AQSh va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar 1992 yil 19 fevralda o`rnatilgan.  O`zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlik, farovonlik va xavfsizlikni ta`minlashda AQShning muhim hamkori hisoblanadi.

So`nggi yillarda mamlakatlar o`rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikka O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil may oyidagi AQSh ga qilgan tashrifi asos bo`lib xizmat qilmoqda. 

Bundan tashqari, shu yil fevral oyi boshida AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O`zbekistonga tashrif buyurdi va natijada ikki tomonlama munosabatlar yanada yangi pog`onaga ko`tarildi.

Ma`lumot uchun, Xalqaro Jinoyat Polisiyasi Tashkiloti Interpol dunyodagi eng yirik xalqaro polisiya tashkiloti hisoblanadi, hamda hozirda 194 ta davlatda o`z byurolariga ega.  Mazkur Tashkilot umumiy jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun mo`ljallangan barcha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga, davlatlar va huquqni muhofaza qilish organlariga ko`mak va yordam ko`rsatadi hamda turli mamlakatlarning polisiya xizmatlari o`rtasidagi hamkorlikni qo`llab-quvvatlaydi. 

Tashrif kunining ikkinchi yarmida delegasiyani vazirning o`rinbosari - Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor Rustam Mirzaevich Jo`raev qabulida bo`ladi. 

Poytaxt IIBB boshlig`i, Mehmonlarga "Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasi va kechayu-kunduz patrul xizmati doirasida ichki organlarning boshqa organlar bilan o`zaro hamkorligi to`g`risida aytib beradi. 

Aytish kerakki bu “xafvsiz shahar” Poytaxtimizda jinoyatchilikni sezilarli darajada kamaytirib, keng miqiyosda profilaktik ishlarni olib borilishida yaxshigina yordam bermoqda. 

Shuningdek, mehmonlarga Ichki ishlar vazirligi tizimidagi islohotlar to`g`risida ma`lumot berilib va Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasining 7-bo`lim ichki ishlar boshqarmasi bazasida turli xil xizmatlarni joylashtirish modeli taqdim etiladi.

Belgilanishicha, Delegasiya a`zolariga, yurtimizdagi Ichki ishlar idoralari tomonidan xizmat ko`rsatish shartlari, shuningdek, qidiruvda bo`lganlarning shaxsini aniqlashga imkon beradigan ilg`or texnologiyalardan foydalanish buyicha, hamda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining maxsus kuchlari va zamonaviy texnik vositalari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

28 fevral kuni mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor bo`lgan tarixiy obidalarini, ziyorat qiladilar va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashadilar.

 

    Boshqa yangiliklar