AsosiyJamiyat

Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv hamda harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida Prezident qaror imzolandi

'Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv hamda harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida Prezident qaror imzolandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida” Qaror imzoladi.

Qarorga ko`ra, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi, harbiy xizmatni o`tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Shuningdek muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilar 2020 yilning mart-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo`shatiladi.

 

    Boshqa yangiliklar