2020/2021 o`quv yilidan xalq ta`limi va maktabgacha ta`lim sohalarida oliy ma`lumotli pedagoglarga ehtiyoj yuqori bo`lgan hududlar bo`yicha maqsadli qabul amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta`lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati bilan xalq ta`limi va maktabgacha ta`lim sohalarida oliy ma`lumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo`lgan hududlar bo`yicha davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosida o`qishga qabul ko`rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlari shakllantiriladi.
Shuningdek, qarorga muvofiq tegishli hududdagi oliy ta`lim muassasasida 5 yil ishlab berish majburiyati bilan oliy ta`lim sohasida professional pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo`lgan hududlar bo`yicha salohiyatli oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosida o`qishga qabul ko`rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlari shakllantiriladi.






