AsosiyJamiyat

SSV: Janubiy Koreyadan kelgan yo`lovchilar 14 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo`ladi

'SSV: Janubiy Koreyadan kelgan yo`lovchilar 14 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo`ladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha tongda Seul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha “O`zbekiston havo yo`llari” aviakompaniyasiga tegishli NY 514-reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo`ngan edi.

Undagi 232 nafar yo`lovchi va 12 nafar ekipaj a`zolari koronavirusning O`zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirilib, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli standartlar bo`yicha zarur profilaktik tadbirlar o`tkazilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, ayni paytda yo`lovchilarda hech qanday koronavirus alomatlari aniqlanmagach, ularni o`z uylariga javob berish jarayoni yakunlandi. Yo`lovchilar o`z yashash joylaridagi davolash muassasalari tomonidan 14 kun davomida tibbiy nazoratga olinib, bu davr ichida ularga cheklovchi tartiblar tavsiya etiladi, deyilgan Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabarida.

    Boshqa yangiliklar