O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta`lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan respublikadagi 5 ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etildi.
Jumladan, hududlarda pedagogik ta`lim infratuzilmasini yaxshilash, ta`lim sohasi uchun mutaxassis tayyorlovchi oliy ta`lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida quyidagi pedagogika institutlari tashkil etildi:
Samarqand davlat universiteti pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;
Andijon davlat universiteti pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;
Buxoro davlat universiteti pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;
Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universiteti pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;
Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali va Qarshi davlat universiteti pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.