2020/2021 o`quv yilidan boshlab pedagogika ta`lim sohasining oltita ta`lim yo`nalishida o`qish muddati uch yil etib belgilandi.
“Pedagogik ta`lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy Axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash o`qish muddati 3 yil bo`lgan bakalavriat ta`lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta`lim sohasining 6 ta bakalavriat ta`lim yo`nalishlari ro`yxati tasdiqlandi. Bular:
Musiqa ta`limi;
Jismoniy madaniyat;
Texnologik ta`lim;
Chaqiriqqacha harbiy ta`lim;
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi;
Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda jismoniy tarbiya va sport.
Bunda Prezident qarori bilan Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Xalq ta`limi vazirliklari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining pedagogik ta`lim sohasining ayrim ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlashni o`qish muddati 3 yil bo`lgan bakalavriat ta`lim dasturlari doirasida amalga oshirish to`g`risidagi taklifiga rozilik berildi.






