AsosiyJamiyat

Surxondaryoda YPX xodimiga ma`muriy bayonnoma tuzildi

'Surxondaryoda YPX xodimiga ma`muriy bayonnoma tuzildi'ning rasmi

Joriy yilning 27 fevral kuni Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumani, Mustaqillik ko`chasida “Yo`l harakati qoidalari”ning 3.27. “To`xtash taqiqlangan” yo`l belgisi ta`sir doirasi ostida “Lasetti” rusumli davlat raqam belgisi 75 679 VSF bo`lgan xizmat avtomashinasini qoldirib ketgan Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPXO 4-safarbar guruhi komandiri B.Ergashevga nisbatan o`rnatilgan tartibda ma`muriy bayonnoma tuzildi. 

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xizmat avtomashinalari biriktirilgan barcha haydovchi xodimlardan zarurat bo`lmaganda, sababsiz “Yo`l harakati qoidalari”ni chetlab o`tib, boshqa transport vositalari erkin harakatlanishiga xalaqit bermasliklarini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar