AsosiyJamiyat

Eronda koronavirus qurbonlari soni 26 kishiga etdi.Tehronda juma namozi bekor qilindi

'Eronda koronavirus qurbonlari soni 26 kishiga etdi.Tehronda juma namozi bekor qilindi'ning rasmi

Eronda 27 fevral kuniga qadar koronavirusdan vafot etganlar soni 26 nafarga etdi. Hozirda virusni yuqtirib olganlarning umumiy soni 245 kishini tashkil qilmoqda va ularning orasida bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar ham bor.

Virusga chalinganlar orasida ayollar va oila masalalari bo`yicha vise-prezident Masumeh Ebtekar va Eron sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Iraj Xarirchi ham bor. Ebtekarning holati u qadar yomon emas va u kasalxonaga yotqizilmagan, deb yozadi "Tarjimon.uz"

«So`nggi 24 soat ichida yana 106 kishida virus borligi tasdiqlandi. Epidemiyadan halok bo`lganlarning soni 26 nafarga etdi», deb aytdi Sog`liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahanpur. U eronliklarni zarurat bo`lmaganda mamlakat bo`ylab sayohatlarni amalga oshirmaslikka chaqirdi.

Virusning tarqalishi sabab Eronning bir necha shaharlarida, shu jumladan Tehronda juma namozi bekor qilindi.

IRNA davlat axborot agentligi xabarlariga ko`ra, Xitoy fuqarolarining Eronga kirishi ta`qiqlab qo`yilgan. Eron Tashqi ishlar vazirligi 20 mingga yaqin koronavirusni tekshirish jihozlari va boshqa materiallar juma kuni Xitoydan Eronga olib kelinishini ma`lum qildi.

 

    Boshqa yangiliklar