AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir ijod maktabi tashkil etiladi

'O`zbekistonda yana bir ijod maktabi tashkil etiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “Buxoro shahrida Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktabini tashkil etish to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Hujjat loyihasida ijod maktabi o`zbek va jahon musiqa san`ati rivojiga ulkan hissa qo`shgan mashhur kompozitor, dirijyor, mahoratli pedagog hamda o`zbek musiqa san`ati asoschilaridan biri Muxtor Ashrafiy izdoshlarini kashf etish va ularning o`z iste`dodlarini keng namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilishi aytib o`tilgan.

Maktabni qurish uchun Buxoro shahar A.G`ijduvoniy ko`chasi hududidan er maydoni ajratiladi.

Loyihada keltirilishicha, 2020-2021 o`quv yilida maktabning musiqa hamda ona tili va adabiyoti yo`nalishlariga 7-8-9-10-sinflariga hamda 2021-2022 o`quv yilidan boshlab 7-sinfiga 20 nafardan o`quvchi tanlov asosida qabul qilinadi.

Ijod maktabi uchun 200 o`rinli maktab binosi va uning 200 o`rinli yotoqxona binosini qurilib jihozlanadi. 

Maktab yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali, xor, musiqa xonalari va o`quv-laboratoriya jihozlari hamda kompyuter texnikasi bilan ta`minlanadi.

Maktabga iqtidorli o`quvchilarni saralab olish maqsadida musiqa va adaiyot yo`nalishlarida ijodiy tanlov, tegishli fanlaridan test sinovi va psixologik-pedagogik diagnostika o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar