22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida senatorlar ma`qullagan “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonunida so`z boradi.
Qonun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevralda qabul qilingan “Jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan.